date

Apple patent qoidalarini buzgani uchun 862 dollarlik jarimaga tortilishi mumkin

Apple patent qoidalarini buzgani uchun 862 dollarlik jarimaga tortilishi mumkin

Apple korparasiyasi Medisondagi Viskonsin universiteti patentidan noqonuniy foydalanishda aybdor deb topildi. Bu haqda Reuters'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Sud qaroriga binoan, Apple o‘zining A7, A8 va A8X chiplarida prosessorlar samaradorligini oshirish bo‘yicha universitet texnologiyasidan foydalangan. Ular iPhone 5s, 6, 6 Plus va iPad`ning bir qator modellarida qo‘llanilgan. Sud mazkur texnologiya Viskonsin bitiruvchilarining tadqiqot jamg‘armasi (WARF) tomonidan 1998 yildayoq patentlanganini tan oldi.

2015 yil sentyabrda WARF vakillari Apple`ga nisbatan yana bir ayblov arizasini taqdim etgan bo‘lib, ular iPhone 6S, 6S Plus, va iPad Pro`da qo‘llanilgan A9 va A9X chiplarida o‘zlarining texnologiyalaridan foydalanilganini ma’lum qilishgan.
Sudya Uilyam Konlining so‘zlariga ko‘ra, kompensasiya miqdori hozircha aniqlashtirilmagan, biroq yakuniy jarima 862,4 mln dollarga qadar etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple patent qoidalarini buzgani uchun 862 dollarlik jarimaga tortilishi mumkin