Apple kompaniyasining yubiley smartfonidagi asosiy yangilik Face ID yuz skaneri bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri. Shu tariqa iPhone’da foydalanuvchilarning barmoq izi bo‘yicha identifikatsiyasidan voz kechib, yuz bo‘yicha aniqlashga o‘tishdi.
Yuz skaneri nafaqat smartfonni yoqish uchun, balki App Store’da va Apple Pay orqali xaridlar amalga oshirishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek, Face ID’ning deyarli hech kim bilmagan boshqa funksiyasi ham bor, deyiladi xabarda.
Reddit forumida foydalanuvchilardan biri o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdi: budilnik chalingan vaqtda iPhone X’ga qaralsa, smartfon budilnik tovushini pasaytiradi. Bu foydalanuvchini baland ovozli va jonga tegadigan budilnik qo‘ng‘irog‘idan xalos qiladi.
Boshqa bir foydalanuvchi esa bu sizga kimdir qo‘ng‘iroq qilayotgan vaqtda ham ish berishini payqaganini aytdi. Ya’ni telefon jiringlayotgan vaqtda ekranga qaralsa, qurilma tovushni pasaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi