23:14 / 14.12.2017
5 965

2018 yilning texnologik trendlari: uzoq yashash va kasal bo‘lmaslik

2018 yilning texnologik trendlari: uzoq yashash va kasal bo‘lmaslik
2017 yilda bioxaking zamonaviy trend sifatida biolog-talabalar tilidan barcha poytaxtlardagi bilimli yoshlar tiliga o‘tdi. Bioxakerlik urfga kirdi: u bilan shug‘ullanmaydiganlar hech bo‘lmaganda uni muhokama qilishadi, deyiladi Forbes'da.

Fitnes-bilakuzuklar noodatiy narsa emas, ko‘pchilik ulardan foydalanmasa ham, hech bo‘lmaganda sinab ko‘rgan. Biroq 2018 yildan, aftidan, ularni taqish ommaviy urfga kirsa kerak. Bunga bir necha sabab bor.

Birinchidan, "fitnes uchun gadjetlar" doirasidan chiquvchi ilk qurilmalar paydo bo‘lmoqda va bizni hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsalardan boxabar qilmoqda: yurak salomatligi, qondagi qand hamda kislorod miqdori va boshqalar. Asosiysi — ushbu ma’lumotlar tibbiy sifat darajasiga ega, xususan, Apple Watch uchun birinchi ilova global tibbiy bozor boshqaruvchisi hisoblangan FDA tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Bu sohada yakuniy inqilobni diabetiklar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega va qolganlar uchun ham juda foydali bo‘lgan portativ noinvaziv glyukometrlar bajaradi. Ularning paydo bo‘lishi olib yuriluvchi health-bilakuzugini sayyoraning deyarli barcha aholisi uchun foydali qiladi. 2018 yilda, hoynahoy, shu bilakuzuklarning keng tarqalishi kuzatiladi.

Bilakuzuklarning ommaviy qo‘llanishi tibbiyotning global modeliini almashtirishda hal qiluvchi omil bo‘ladi. Bugungi kunda aholi asosan o‘tkir kasallik holatlaridagina shifokorga murojaat qiladi. Hatto rivojlangan mamlakatlarda ham sog‘lom holatda shifokorga murojaat qilinmaydi. Biroq hozir biz "salomatlik" deb hisoblovchi omilimiz qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘p halokatli o‘zgarishlar ancha oldindan kasallik rivojiga turtki beradi va bunga o‘z vaqtida e’tibor qaratgan insonga yaxshi salomatlik ko‘rinishidagi mukofot beriladi. Ma’lum bo‘lishicha, ipoxondriklar o‘zlarining "temir sog‘ilig‘i"ga ishongan kishilarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rishar ekan.

Kelgusi yilda "kasallikni erta aniqlash"dan tashqari, yuz yillikning eng kutilayotgan tibbiy texnologiyasi - genomni tahrirlashning "parvozi" kutilmoqda. 2017 yilda sifatli oldinga siljish kuzatildi: birinchidan, qator usullar genlarni tahrirlashda xatolarni deyarli to‘liq bartaraf etish imkonini berdi, ikkinchidan, katta yoshli kishining genomiga tuzatish kiritish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. 2017 yilda o‘tkir limfoblast leykozni gen korreksiyasi asosida davolash bilan bog‘liq ilk gen terapiyasi ma’qullandi. Keyingi yildan saraton turlari, diabet kabi keng tarqalgan "ommaviy" kasalliklarni gen terapiyasi yordamida davolash usullari sekin-asta yuzaga keladi.

Biroq gen korreksiyasi — bu faqat davolash emas, bu keng ma’noda - inson ahvolining yaxshilanishi. Birinchidan, kasallanish bilan tahdid qiluvchi ko‘p "xavfli" genlarni embrional darajada tuzatish mumkin. Bunday tajribalar ancha ommaviylashmoqda, nafaqat AQSh va Yevropada, balki Xitoyda ham. Kelgusi yilda mazkur texnologiya tadqiqot laboratoriyalaridan tashqariga chiqib, tibbiy tajribada qo‘llanila boshlanish ehtimoli bor. Dastlab — ota-onasida kuchli genetik xavflar aniqlangan holatlarda. Keyin esa — farzandlarini aqlliroq, kuchliroq va sog‘lomroq qilish niyatida bo‘lgan barcha kishilar uchun. Bu masalada tibbiy texnologiyalar ancha ildamlab ketgan, biroq 2018 yilda bu mavzudagi muzokaralarning yanada faollashishi kutilmoqda.

Joriy yilda birinchi marta bionik qurilmali insonni "takomillashtirish"ga eng yaqin texnologiya namoyish etildi. Shved olimlari tomonidan ixtiro qilingan sun’iy linzalar nafaqat uzoq va yaqinni ko‘rish bilan bog‘liq belgilarni to‘liq yo‘q qiladi, balki kataraktani ham davolab, insonga zoom-imkoniyatlarni beradi, ya’ni ko‘rish qobiliyati yanada kuchayadi. Texnologiya kelgusi yildayoq sotuvga chiqishi mumkin, boshqa kompaniyalarda esa shunga o‘xshash ishlanmalar mavjud.

Hukumatlar, korporatsiyalar va olimlar shiddat bilan rivojlanayotgan "inson transformatsiyasi"ni orqaga surishga harakat qilishsa-da, xuddi raqamli dunyodagi kabi xakerlar (bioxakerlar) uning muqobilini taklif qilishadi. Birinchi marta 2017 yilda bioxaker Joshua Zayner tajriba yo‘li bilan o‘z genomini "tuzatdi", bu esa AQSh qonunchiligiga zid hisoblanar ekan. Bundan tashqari, u va uning hamkasblari genomlarni tahrirlovchi "uy sharoitidagi laboratoriyalar"ni bozorga chiqarishdi.

2018 yilda "inson tabiati"ga total bosim o‘tkazish global tus oladi. Xitoy va AQShning yangi texnologik inqilobda ilk texnologik derjava bo‘lish huquqi uchun kuchli raqobati "insonni tuzatish" texnologiyasini cheklashga imkon bermaydi. Umuman olganda, bu texnogen tabiatli epidemiyalarning avj olishini keltirib chiqarishi mumkin va Ziko bezgagi holatida bu konspirologik versiyaligicha qolgan bo‘lsa, yil sayin bunday vaziyatlar xavfi oshib boraveradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2018 yilning texnologik trendlari: uzoq yashash va kasal bo‘lmaslik