Facebook xodimlarini tezkor internetdan mahrum qiladi

Har kuni kompyuter va smartfonda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanib, global tarmoqqa sekin ishlovchi 2G mobil tarmog‘idan foydalanib kiruvchilarga qanchalik qiyinligini unutib qo‘yish oson. Facebook haftada bir marta xodimlariga tezkor internetdan voz kechib, yuqoridagi holatni yodga olishni taklif qildi. Bu haqda «Hi-tech.Vesti»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoq rahbariyatining yangi tashabbusi «2G’li seshanbalar» deb nomlanadi. Facebook har kuni bir necha megabit tezlikdagi internetdan foydalanish jarayonida Afrika yoki Hindiston qishloq hududida 2G’li smartfonlardan foydalanishga mahkum kishilar uchun sifatli dastur yaratishning imkoni yo‘q degan qarorga keldi.
Facebook rahbariyati bu tashabbusga insonparvarlik yuzasidan yondashib, ushbu «2G’li seshanbalar»da qatnashishni ixtiyoriy deb belgiladi. Bu tajriba ishlab chiqaruvchilarga ko‘pchilik kambag‘al mamlakatlardagi aloqa bilan bog‘liq vaziyatni tushunish, shuningdek, yuqori tezlik bilan ulanishda payqash qiyin bo‘lgan Facebook dasturlaridagi kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing