Beeline Farg‘onada tarmoqni kengaytirdi


Beeline Farg‘ona viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlash uchun kompaniya doimiy ravishda tarmoq sig‘imini kengaytirmoqda. Kun sayin mobil Internetga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda – va xizmatlar sifatining oshishi nafaqat muvaffaqiyat garovidir, balki mijozlarning ishonchini oqlash imkoniyatidir”.
Eslatib o‘tamiz, so‘ngi vaqt mobaynida farg‘ona viloyatida 70ga yaqin 3G baza stansiyalari ishga tushirildi.































Izohlar 0
…