Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh ilmiy izlanuvchilari tomonidan aholining keng qatlami uchun juda foydali bo‘lishi kutilayotgan yangi dastur — «Online market» dasturiy ta’minoti yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Dasturiy ta’minot vositasida O‘zbekiston va xorijda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni internet tarmog‘i orqali sotish va sotib olish mumkin. Dastur funksional ravishda onlayn tizimda mahsulotlar nomlarini kiritish, xizmatlarni reklama qilish, tovarlarni onlayn xarid qilish yoki ular haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, ularni turi va narxiga ko‘ra guruhlash imkonini beradi.
Ushbu dasturdan O‘zbekistondagi bozorlar faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish uchun, shuningdek, barcha turdagi kichik va xususiy biznes vakillari o‘z faoliyatlarida unumli foydalanishlari mumkin.
Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur ijodkorlari — U.Ismatov va U.Rustamovga DGU 04841 raqamli guvohnoma topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...