21:00 / 27.01.2018
4 279

Nokia saraton paydo bo’lishi haqida oldindan aytib beradigan bilaguzuk yaratmoqda

 Nokia саратон пайдо бўлиши ҳақида олдиндан айтиб берадиган  билагузук яратмоқда
Nokia bosh direktori Radjiv Suri ayni paytda kompaniyaning saraton kasalligini bir necha oy oldindan aytib bera oluvchi bilaguzuk yaratayotgani haqida ma’lum qildi.

Tadbirkorning so’zlariga qaraganda, bilaguzuk inson qonidagi xolesterin, qand va laktik kislota miqdorni skaner qilib beradi, natijada esa saraton kasalligining oldini olish imkoni tug’iladi.

Shuningdek, Nokia bosh direktori 5G aloqasi paydo bo’lishi bilan tibbiyot sohasida ham katta o’zgarishlar amalga oshishi haqidagi o’z fikrini bildirib o’tgan. Shunday vaziyatda ma’lumot almashish borasida ham hech qanday kechikishlar bo’lmaydi.

“Tasavvur qiling, chikagolik shifokor Tayvandagi biror inson ustida robot yordamida operatsiyani amalga oshirmoqda. Unga bo’layotgan hodisalar yuzasidan tezkor hisobot kerak bo’ladi” deydi Suri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia saraton paydo bo’lishi haqida oldindan aytib beradigan bilaguzuk yaratmoqda