
Xeriot-Uatt universiteti mutaxassislari tomonidan yaratilgan Fabio ismli robot mahalliy supermarketlarning birida haridorlarga xizmat qilish, ularga ko’mak berish va kayfiyatni ko’tarish uchun ishga joylashtirilgan edi. Ammo Fabioning ish jarayonida uning bunday sinovga hali tayyor emasligi ma’lum bo’ldi va mijozlar tomonidan berilgan savollarga noaniq javoblar qaytardi.
Xabarda aytilishicha, robot go’sht rastasida xizmat ko’rsatgan bo’lsa-da, haridorlar mahsulotlarni uning “inson hamkasb”lari qo’lidan tatib ko’rishga istak bildirganlar. Mijozlar ushbu holatni robotdan qo’rqayotganlari bilan izohlashdi.
Shu tariqa o’z ishini yaxshi uddalay olmagan robot yaratuvchilariga qaytarib berildi. Internet foydalanuvchilari esa Fabioga nisbatan rahmdillik qilib, supermarket ma’muriyatidan unga yana bir bor imkon berishni iltimos qilishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar