02:37 / 07.02.2018
5 170

O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 5 fevral kuni vazirlikda Butunjahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan mamlakatimizda "Raqamli Markaziy Osiyo -- Janubiy Osiyo" (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilingan.

«Digital CASA» loyihasi Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi AKT infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat uchun tizimlari ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ko‘zlaydi. Uchrashuvda har ikkala tomon «Digital CASA» loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bayon qildilar.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan «Digital CASA» hududiy loyihasida O‘zbekiston Respublikasining ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur loyiha dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internet tarmog‘ini yaxshilashga, shuningdek, ushbu mamlakatlarning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi kutilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz sayti.

Digital CASA – CASA-1000 energetika loyihasining analogi bo‘lib, u Markaziy va Janubiy Osiyoni mintaqalarini optik tolali aloqa tarmoqlari bilan bog‘lashni maqsad qilgan. Loyihada O‘zbekiston bilan birga, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston kabi mamlakatlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad -- muqobil aloqa tarmoqlari yordamida mazkur mintaqalarni keng polosali tezkor va arzon internetga ulash.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni mamlakatda bu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan jihatlar haqida o‘z qarashlarini ma’lum qilgan. Uchrashuvda loyihani ishlab chiqish yuzasidan keyingi rejalar belgilab olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi