Google o‘zida Android Pay va Google Wallet'ni birlashtiruvchi Google Pay to‘lov servisining rasman ishga tushishi haqida e’lon qildi. Foydalanuvchilar yaqin orada Android Pay'ni yangilab, yangi ilovaga kirishlari mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, Google Pay'ni kompaniyaning barcha mahsulotlariga integratsiya qilish mumkin. Chrome brauzeri va Assistant yordamchisi ham shular jumlasidandir.
AQSH va Buyuk Britaniya aholisi bir-biriga pul o‘tkazishda foydalangan Google Wallet servisi nomi Google Pay Send'ga o‘zgardi. Yaqin oylarda Google Pay'ning asosiy ilovasida uning funksiyalari paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar Google Pay orqali to‘lovni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini qo‘shishni istagan kompaniyalarga integratsiya jihozlari, shuningdek hamkorlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qilishmoqda.
Google Android Pay servisi nomi o‘zgarishi haqida joriy yilning yanvar oyi boshida ma’lum qilgandi, biroq o‘shanda ba’zi OAV kompaniya to‘lov servisini yopmoqda, degan versiyani ilgari surishgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi