5 652
Yil oxirigacha O‘zbekistonda naqd so‘m va dollar olish uchun 1000 ta bankomatlar o‘rnatiladi
2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda xalqaro plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish uchun 1045 ta bankomat o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori Bobir Abubakirov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlar kunu tun ishlaydi va mijoz nafaqat xorijiy valyuta, balki so‘mda ham pullarini naqdlashtirib olishi mumkin.
Mart oyida sayyohlar tashrif buyuradigan joylar, ko‘chalar, bozorlar va savdo nuqtalarida 200 dan ziyod bankomatlar o‘rnatiladi.
Xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini qabul qilish uchun terminallar Visa, Mastercard va boshqalar bilan integratsiya qilinadi. “Buni yaqin vaqtlarda amalga oshiramiz”, — dedi Bobir Abubakirov.
U mamlakatdagi oltita bank UnionPay kartalarini qabul qilishni boshlaganini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi