Singapurning ST Kinetics qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘qotar qurol bilan jihozlanuvchi uchuvchisiz uchar qurilmalar qatorini yaratishni boshladi. Kompaniya ushbu dronlar ustidagi ishlarni Singapur hukumati uchun amalga oshirmoqda. Rejalarga ko‘ra, bunday hujumkor dronlar politsiyachilarga terrorchilarga qarshi kurashda yordam beradi.
Taxmin qilinishicha, qurilmalar o‘qotar qurol bilan jihozlangan kichik dronlar bo‘ladi. Ayni vaqtda bunday texnika deyarli ishlab chiqarilmaydi – harbiylar katta o‘lchamdagi dronlarni afzal qo‘rishadi va ularga asosan raketa-bomba qurollari qo‘yiladi.
Kompaniya loyiha doirasida yaratadigan ilk qurilma 8 vintli Stinger multikopteri bo‘ladi. Qurilma teplovizor, yuqori aniqlikdagi videokamera va kalibri 5,56 millimetr bo‘lgan, o‘qdoni 100 ta o‘qqa mo‘ljallangan Ultimax 100 Mk.8 pulemyoti bilan jihozlanadi. Dron to‘liq jangovar ta’minlangan holda 30 daqiqacha parvoz qiladi.
Bunday dronlar politsiya bo‘linmalariga zarba beruvchi ko‘mak ko‘rsata oladi. U samarali bo‘ladi, chunki ko‘plab jinoyatchilar dronlarga qarshi zamonaviy qurolga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi