Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i reklamadan tushayotgan mablag‘larni yildan yilga oshirib borgani va, shu tarkiqa, reklama ijtimoiy tarmoq daromadlari rivojining asosiy harakatlantiruvchisi bo‘lib qolayotgani qayd etilmoqda. 2017 yilda OK media reklamasini joylashtirish uchun asosiy maydonchalardan biri bo‘lib qoldi: ijtimoiy tarmoqning bu segmentdagi daromadlari 36%ga oshdi. Bunga yangi reklama formatlarining paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi, u o‘z navbatida joylashtirishlar samaradorligining oshishiga olib keldi.
O‘tgan yili eng tez o‘suvchi formatlardan biri videoreklama bo‘ldi, deya ta’kidlanmoqda. OK daromadining videoreklama joylashtirishdan kelgan hajmi amalda uch barovar ko‘paydi, va 177%ni tashkil etdi Reklama beruvchilar videodan media joylashtirishlar uchun ham, performance-marketing uchun ham foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi: ijtimoiy tarmoqda bosilouvchi, ya’ni klikabel reklama paydo bo‘ldi, u saytga, ilovalar do‘konidagi sahifaga yoki telefon qo‘ng‘irog‘iga olib borishi mumkin. Natijada performance-videoreklamani myTarget tizimi orqali joylashtiruvchi reklama beruvchilarning o‘sishi 205%ni tashkil etdi.
2017 yilda OK da mobil reklama o‘sish sur’atlari oshdi. Ijtimoiy tarmoqning mobil formatlarda reklama joylashtirishdan ko‘rgan daromadlari o‘tgan yildagi 29% o‘rniga 32 %ga ko‘paydi. OK bir nechta yangi mobil formatlarni ishga tushirdi – chunonchi, Canvas to‘liq ekranli reklamasi, u OKning mobil ilovalarida video, fotosuratlar, harakatga va saytga o‘tishga chorlovchi tugmachalar bilan xuddi to‘liq sahifa kabi ochiladi.
Oxirgi yil mobaynida Odnoklassniki biznesning har xil vertikallari uchun bir nechta yangi reklama formatlarini ishga tushirdi va eng texnologik reklama onlayn-maydonchalaridan biriga aylandi. OK da harakatga o‘tishga chorlovchi “faol tugmachalar” bilan reklama, Lead Ads buyurtmalarini yig‘ish usuli, tovarlar kartochkalarini ilgari surish va boshqa formatlar paydo bo‘ldi.
Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:
– Videoreklamadan tushayotgan daromadlar bir necha yildan beri muntazam o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. OK da 2017 yil mobaynida videotomoshalar 60%ga o‘sdi, bizda ko‘p mohir kontent va eksklyuziv uzatishlar paydo bo‘ldi, bu esa reklama beruvchilar tomonidan videoga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Umuman bu byudjetlarning TV dan digital ga qayta taqsimlanishi trendiga mos keladi. 2017 yilda biz ishga tushirgan yangi reklama formatlari reklama beruvchilar joylashtirishlarining samaradorligini oshirish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida OK ning butun reklama yo‘nalishi o‘sishiga yordam berdi.
Elina Isagulova, Mail.Ru Group vitse-prezidenti, tijorat direktori:
– O‘tgan yili biz nafaqat reklama formatlari tanlovini kengaytirdik, balki yana ular bilan ishlash asboblari yig‘indisini ham ko‘paytirdik, targetinglar soni esa 400 taga yetdi. Biz trafik sifatini qat’iy nazorat qilamiz i reklama beruvchilarga mustaqil reklama auditi natijalari bilan tanishishga imkon beramiz. Bu omillarning yig‘indisi Odnoklassniki reklama daromadlarining barcha yo‘nalishlar bo‘ylab o‘sishiga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi