18:30 / 16.03.2018
4 408

«Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatdi

«Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Foto: «Extremetech.com»
«Apple» korporatsiyasi o‘zining mashhur «iPhone» smartfonlarini Xitoydagi korxonalardan birida ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.

Xitoyda ishlab chiqariladigan «iPhone 8 Plus» smartfonlarining 20 foiziga to‘g‘ri keladigan «Wistron» kompaniyasi qurilmalarni yig‘ishda «Apple» sertifikatidan o‘tmagan suv o‘tkazmaydigan ehtiyot qismlardan foydalangan.

«Wistron» bu kabi smartfonlardan qancha ishlab chiqargani va ulardan nechtasi xaridorlarga yetib borgani noma’lum. Biroq ushbu hodisa kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatdi — uning aksiyalari besh foizga tushib ketgan.

Zavodda qurilmalarni yig‘ish ikki haftaga to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, xitoyliklar «olma»siz qolmaydi: smartfonlarning aksariyati «Foxconn» kompaniyasining korxonalarida ishlab chiqariladi. Uning hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan «Apple» qurilmalarining 80 foizi to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tayvanning «Foxconn» kompaniyasi MDH va boshqa mamlakatlarga «iPhone» smartfonlarini yetkazib beradi. Zavod Gonkong yaqinidagi Shenchjen shahrida joylashgan. «Foxconn» kompaniyasining zavodlari nafaqat Xitoyda, balki Chexiya, Vengriya, Hindistonda ham mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatdi