O‘zbekistonda kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda UzCard kompaniyasi xabariga asosan Daryo nashri ma’lum qildi. Bu oxirgi vaqtlarda aholining mahsulotlar va xizmatlarga kartalar orqali haq to‘lash ehtiyojining oshayotganligi bilan bog‘liq.
Naqd pullarni qabul qilish funksiyasiga ega bo‘lgan bankomatlar (cash in) odamlar gavjum joylar: metro, bozorlar va savdo markazlariga o‘rnatiladi. Bankomatlar turiga qarab kupyuralarni ikki usul: dastalab yoki bir kupyuradan qabul qiladi.
Birinchi holatda mashina pul dastasini o‘zi hisoblaydi va ekranga umumiy summani chiqaradi. Ikkinchi holatda har bir kupyurani alohida qo‘yish lozim.
Hisobni to‘ldirish uchun bankomatga kartani joylab, naqd pullarni kiritish va ekrandagi menyudan kerakli funksiyani tanlash kifoya.
O‘zbekistonda aynan qanday bankomatlar o‘rnatilishi haqida UzCard kompaniyasi yaqin vaqt ichida ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi