Foto: «Hi-tech.mail.ru»
Qayta ishlashdagi murakkablik — plastikning asosiy muammosi hisoblanadi. U deyarli parchalanmaydi, daryo va dengizlarni ifloslantiradi, tirik organizmlarda to‘planib qoladi. Amerikalik olimlar mazkur muammoga yechim topdi, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
Ular deyarli cheksiz miqdorda polimerlash va depolimerlash xususiyatiga ega plastikni olishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi birikmaga monomer sifatida gamma-butirolakton molekulasidan foydalanilgan. Polimerlash jarayoni alohida sharoitlarni talab etmaydi: reaksiya xona haroratida va minimal miqdordagi katalizatorlar ishtirokida amalga oshadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi material plastikning zamonaviy turlariga mos keladi. Uning o‘ziga xos jihati — ko‘p marotaba qayta ishlash imkoniyatiga ega ekanligi. Material osonlikda 120 daraja Selsiyda parchalanadi. Shu bilan birga olingan monomerlardan yana plastik yaratishda foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q