
Robotga «Mia» deb nom berilgan. U o‘z yo‘lida har qanday to‘siqlarni aylanib o‘ta olish, hatto, zinalardan to‘g‘ri tushish va ko‘tarilishga ham o‘rgatilgan.
Alohida dasturni «iOS» yoki «Android» tezkor tizimida ishlovchi smartfonga o‘rnatgach, uydagi jonivorlaringiz bilan bu robot qachondan qachongacha o‘ynashi, ularni tinchlantirib turishi mumkinligini belgilaysiz. Ko‘ribsizki, siz uyda yo‘qligingizda robot itni ham, mushuklarni ham chalg‘itib, ularni o‘zi bilan birga sayr qilishga, o‘ynashga, dam olishga chorlab turadi.
Robotning ichki qismiga jonivorlar suyib iste’mol qiladigan yeguliklar ham joylanadi. Robot shular bilan uy jonivorlarini siylaydi. Ana shu narsa uy hayvonlari egasining yo‘g‘ida robotga talpinishini ta’minlab beradi. Robotning korpusi juda pishiq materialdan tayyorlangan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar