«Gmail» pochtasi foydalanuvchilari uchun servisning brauzer talqinida yangi funksiya — offlayn rejim paydo bo‘ldi. «Xabar.uz» ning ma’lumot berishicha, u hatto internetga ulanmagan kompyuterda ham xatlar bilan ishlash imkonini beradi.
«Gmail»dagi yangi imkoniyat faqatgina «Chrome» brauzerida (61- va yanada yangiroq talqinlarida) ishlaydi. Hech qanaqangi to‘ldirmalarni ko‘chirib olish yoki boshqa dasturlarga o‘z akkauntini taqdim etish talab qilinmaydi. Bungacha «Gmail»ni brauzerda offlayn qo‘llab-quvvatlash «Google Gears» va brauzer kengaytmalari orqali amalga oshirilgandi.
Offlayn rejim ishi foydalanuvchining kompyuterida internetga ulanguncha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni saqlab borishga asoslanadi. Masalan, olingan xatlarni ko‘rib chiqish, arxivlash, belgilash va o‘chirib yuborish mumkin: internet aloqasi tiklanishi bilan barcha o‘zgarishlar serverga o‘tadi.
Bu funksiyani sozlamalardagi yangi «Offline» bo‘limiga kirib ishga tushirsa bo‘ladi, u faqat yangilangan interfeysli pochtada mavjud. Eski interfeyslarda offlayn faqatgina «Google Gears» orqali ishlaydi.
Internetsiz «Gmail»ni ishlatish
Avtomatik sozlamalarga ko‘ra, «Google» pochtasida offlayn o‘chirilgan bo‘ladi. Uni yoqqan foydalanuvchi bir nechta sozlamalarga ega bo‘ladi. Kompyuterda xatlarni qancha vaqt saqlash (7 kun, 30 kun yoki 90 kun) kerak, ilovaning xatlari bilan birga saqlansinmi — bularni tanlasa bo‘ladi.
Bundan tashqari, onlayndan chiqishda offlayn-ma’lumotlarni o‘chirish (bu holatda keyingi safar kirishda tizim ularni yuklab olishga uzov vaqt sarflashi mumkin) yoki kompyuterda saqlashdan birini tashlash mumkin. Oxirgi holatda offlayn-ma’lumotlarni o‘chirish uchun sozlamalarda offlayn-rejimni o‘chirish va o‘zgarishlarni saqlab qo‘yish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi