Rossiyada Gmail va Apple ID orqali avtorizatsiyadan oʻtish taqiqlandi

1 daqiqa o'qish209
Rossiyada Gmail va Apple ID orqali avtorizatsiyadan oʻtish taqiqlandi

Rossiya Davlat dumasi mahalliy internet-resurslarda foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar joriy etuvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi. Endilikda xorijiy servislardan foydalanish qatʼiy cheklanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi talablarga koʻra, foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish faqat Rossiya telefon raqami, "Davlat xizmatlari" portali, Yagona biometrik tizim yoki Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga tegishli boʻlgan boshqa axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi shart. Gmail, Apple ID va boshqa xorijiy elektron pochta xizmatlaridan foydalanish qonunbuzarlik hisoblanadi.

Qonunni buzgan yuridik shaxslar uchun jarima miqdori 700 ming rublgacha etib belgilandi. Shuningdek, internet-platformalarda tavsiya beruvchi algoritmlardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ham javobgarlik joriy etilmoqda. Takroriy qonunbuzarliklar uchun kompaniyalar 1,4 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Hujjatda aloqa operatorlarining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish qoidalarini buzganligi uchun ham jazo choralari kuchaytirilgan. Bunday holatlarda yuridik shaxslar 3 milliondan 5 million rublgacha jarima toʻlaydi, takroriy holatlarda esa jarima kompaniyaning yillik tushumidan foiz koʻrinishida hisoblanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?