So‘nggi paytlarda plastik karta egalari ijtimoiy tarmoqlar orqali mobil ilovalarga ulangan telefon raqamini qanday uzish mumkinligi to‘g‘risida qiziqib, qator savollar bilan murojaat qilishmoqda, — deyiladi «Uzcard» xabarida.
Ushbu mavzuni kengroq yoritish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi xodimlari tomonidan yaratilgan «SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — STOP1» xizmatining imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumki, agar biron bir mobil aloqa operatori mijozi 3 oy davomida telefon raqamidan foydalanmasa, u holda kompaniya avtomatik ravishda uni bloklab, yangi raqam egasi ixtiyoriga topshirishi mumkin. Shu o‘rinda savol kelib chiqadi: agar telefon raqamining ilk egasi o‘z plastik kartasini uning bloklanishidan avval mobil telefon raqami orqali mobil ilovalarga ulagan bo‘lsa, u holda telefon raqamining yangi egasi ham mobil ilovalar orqali plastik kartadan foydalana olishi mumkinmi?
Markaz mutaxassilari tomonidan shu kabi holatlarni bartaraf qilish uchun «SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — STOP1» xizmati joriy qilingan. 3 oy davomida ishlatilmagan mobil telefon raqami yangidan sotuvga chiqishidan avval, mobil aloqa kompaniyasi YaUPMga mobil raqam xaqida ma’lumot yuboradi va unga biriktirilgan «UzCard» kartalarining SMS-xabarnoma xizmati faolligini to‘xtatadi. O‘z navbatida, barcha to‘lov tizimlariga (mobil ilovalar va hokazo) foydalanuvchilar parollarini to‘liq qayta tiklash funksiyasidan foydalanganida, kabinetga biriktirilgan kartaga oid ma’lumotlarni tozalash va to‘lov tizimida xavfsiz foydalanish darajasini oshirish tavsiya qilingan.
Foto: «Uzcard»
«SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — STOP1» xizmatining joriy qilinishi mobil aloqa mijozlarining karta xavfsizligini ta’minlashda hamda raqam yangi mijoz ixtiyorida emasliligiga ishonch hosil qilishda o‘z qulayligi bilan ajralib turadi, — qayd qilingan «Uzcard» ma’lumotida.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi