date
views 4 765

“Meizu” suratga olishni xush ko‘ruvchilar uchun hamyonbop smartfon taqdim etdi

“Meizu” suratga olishni xush ko‘ruvchilar uchun hamyonbop smartfon taqdim etdi
Foto: “Layfxaker”
“Meizu” kompaniyasi 13 va 2 megapikselli kamera sensorlari o‘rnatilgan hamyonbop M6T smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Xabar” nashri.

Mazkur smartfonning uchta rangli variantda sotuvga chiqariladi: qora, tillarang va qizil.

Smartfon mobil qurilmalar yordamida suratga olishni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. Rasm sifatiga 13 (RGBW) va 2 megapikselli ikkitalik modul javobgar. Modulning ikkinchisi “portret” rejimida suratga olish vaqtida fonning xiralashishini ta’minlaydi.

Selfi uchun esa 8 megapikselli kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u “ArcSoft” algoritmi yordamida suratlarni qayta ishlaydi. “Meizu MT6”ning ichiga “MediaTek MT6750” protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotirasining hajmi 2/3 gigabaytni, ichki xotirasi esa tegishli ravishda 16 yoki 32 gigabaytni tashkil etadi. Shuningdek, qurilmaga 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartfonga tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,7 dyuymli displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri esa ko‘rpus orqasiga joylashtirilgan. Smartfon “Android Nougat” operatsion tizimida ishlaydi.

2 gigabayt tezkor va 16 gigabayt ichki xotiraga ega ushbu qurilmani 190 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi. Smartfon iyul oyidan sotuvga chiqadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Meizu” suratga olishni xush ko‘ruvchilar uchun hamyonbop smartfon taqdim etdi