Tahlilchilarning taxminiga ko‘ra, milliardlab auditoriyaga ega WhatsApp messenjeri to‘lov tizimlariga bemalol raqobat qila oladi.
Jahondagi eng yirik messenjer — WhatsApp kelgusi haftadan boshlab pul o‘tkazish imkoniyatini ishga tushiradi, deb xabar beradi BloombergQuint tahliliy agentligi.
Xabar qilinishicha, WhatsApp ilovasida yangi funksiya navbatdagi yangilanishdayoq paydo bo‘ladi va u kelgusi hafta oxirida chiqariladi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, servis allaqachon HDFC Bank, ICICI Bank va Axis Bank bilan ishlamoqda. Kelgusida bu ro‘yxat yanada kengayadi. Aftidan, funksiya relizidan so‘ng u darhol barcha mamlakatlarda ham ishga tushmaydi.
Ekspertlarning fikricha, WhatsApp o‘zining kundalik 1,3 milliard foydalanuvchisi bilan to‘lov tizimlariga jiddiy raqobatchi bo‘ladi. Hozircha pul mablag‘larini jo‘natish imkoniyati Android operatsion tizimidagi beta sinovchilarigagina berilgan. To‘lov tizimining ishga tushirilishi haqida esa ilk bor fevral oyida ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?