date
views 4 056

Tanlovda qatnashib, 5000 dollargacha sovrin yutib olish imkoni

Tanlovda qatnashib, 5000 dollargacha sovrin yutib olish imkoni
Foto: «nexoncomputermuseum.org»
Janubiy Koreyadagi nufuzli «Nexon» kompyuter muzeyi xalqaro «Open Call 2018» tanlovini e’lon qildi, unda o‘zbekistonlik dasturchilar ham qatnashishlari mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.

Qiziquvchilar ushbu musobaqada virtual (VR), qo‘shimcha (AR) hamda aralash (MR) reallik sohalaridagi loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga topshiriladigan loyihalarning mavzusi, janri, ishlanma jihozlari, platformalari, qurilmalari (HTC Vive, Oculus Rift va hokazo) cheklanmagan. VR/AR/MR sohalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi, jumladan – video va o‘yinlar ham.

«Open Call 2018» xalqaro tanlovining to‘rt nafar g‘olibi 1 milliondan 5 million Koreya vonigacha miqdordagi (taxminan 1000 dan 5000 AQSh dollarigacha) mukofot sohibiga aylanishadi.

Arizalar 2018 yilning 1 iyulidan to 31 avgustiga qadar qabul qilinadi, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tanlovda qatnashib, 5000 dollargacha sovrin yutib olish imkoni