09:59 / 16.06.2018
4 645

Kim Kardashyan «Twitter» asoschisidan tahrirlash funksiyasini joriy etishni so‘radi

Kim Kardashyan «Twitter» asoschisidan tahrirlash funksiyasini joriy etishni so‘radi
Amerikalik taniqlik model va aktrisa Kim Kardashyan «Twiiter» asoschisidan tvitlarni tahrirlash funksiyasini joriy etishni so‘radi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

«Men Kane Uestga bag‘ishlangan kechada @jack bilan («Twiiter» asoschisi Jek Dorsi) uchrashdim va unga tahrirlash tugmasini joriy etish taklifini bildirdim. Ishonamanki, u meni eshitdi», — deb yozadi Kardashyan o‘zining «Twiiter»dagi sahifasiga.

Bunga javoban Dorsi «Nima uchun meni u yerga taklif etishganini endi tushundim», deb javob qaytardi.

Tahrirlash funksiyasining yo‘qligi «Twiiter»ning katta xatosi hisoblanadi: Agarda siz tvit yozish vaqtida birorta xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uni faqatgina o‘chirib tashlabgina tuzata olasiz. Kardashyan kabi megayulduzlar uchun esa bu muammo keltirib chiqaradi. Ular o‘z xatosini to‘g‘irlagunicha tvit minglab retvit yig‘ishga ulguradi.

Hozircha «Twiiter» yangi tugmaning joriy etilishini inkor etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kim Kardashyan «Twitter» asoschisidan tahrirlash funksiyasini joriy etishni so‘radi