
Foto: «BBC.com»
Endi «Instagram» kabi «Feysbuk» foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdan qancha vaqt foydalanayotganlarini bilib olishlari mumkin bo‘ladi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.
Jahonning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i ayni paytda tegishli funksiya ustida sinov olib bormoqda. Ilovadagi yangi funsiya «Your Time on Facebook» («Sizning «Feysbuk»dagi vaqtingiz») deb nomlanishi haqida «Android Authority» yozmoqda.
Foydalanuvchi «Your Time on Facebook» yordamida ilovaga qancha vaqt sarflayotgani, uni har qancha vaqtda ochayotgani, kunlik, haftalik, oylik to‘liq statistika bilan tanishishi mumkin.
«Facebook» kompaniyasi yangi funksiya sinovdan o‘tayotganini tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar