17:16 / 08.07.2018
4 281

Motorola One smartfoni oq rangda namoyish qilindi

Motorola One smartfoni oq rangda namoyish qilindi
Yaqinda tarmoqlarda Motorola One smartfonining renderi namoyish qilingandi. Endi esa yangi qurilmaning “jonli” fotosurati oq rangda taqdim etildi.

Slash Leaks nashri yangi smartfonning suratini namoyish qilishi bilan birga, uning tavsifi haqda ham ayrim ma’lumotlarni berdi. Qurilmaning orqa tomonida ikkita asosiy kamera chaqnog‘i va barmoq izlari skaneri ko‘rinib turibdi. Old tomonida kengformatli displey o‘rnatiladi. U xuddi iPhone X smartfonidagi kabi qirqmali bo‘ladi.

Afsuski, Slash Leaks nashri qurilmaning o‘ziga xos jihatlari haqida unchalik batafsil to‘xtalmagan. Faqat shu narsa ma’lumki, devays “toza” Android 8.1 Oreo’da ishlaydi. Qolaversa, qurilma faqat oq rangda chiqmaydi. Sotuvga yana qora ranglisi ham chiqariladi, degan ma’lumotlar bor.

Motorola kompaniyasi 2 avgustda yangi qurilmalari namoyishini o‘tkazishi haqda ma’lum qilgan. O‘shanda Moto Z3 Force flagmani bilan birga Motorola One ham namoyish qilinishi mumkin, deyilmoqda xabarda.

Manba: Terabayt

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Motorola One smartfoni oq rangda namoyish qilindi