10:58 / 18.07.2018
6 417

UMS yana ikkita yillik tarif rejasini taqdim etdi

UMS yana ikkita yillik tarif rejasini taqdim etdi
Joriy yilda ancha faollik ko‘rsatayotgan Universal Mobile Systems (UMS) aloqa operatori bir qator yangi tarif rejalarini taklif etmoqda. Shuningdek, u o‘z abonentlarini turli aksiyalar bilan ham quvontirayotir.

16 iyul kuni operator yana ikkita yillik tarif rejasini ishga tushirganini ma’lum qildi.

Ularning birinchisi «Qulay Yillik» deb nomlanadi va bu tarif rejasidagi abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun 800 daqiqa va 800 ta SMS, shuningdek, 1200 megabayt hajmida mobil internet taqdim etiladi.

Ikkinchi yangi tarif rejasi esa «Qulay Yillik+» deb atalgan va u oyiga O‘zbekiston bo‘yicha 400 daqiqa va 400 ta SMS, shuningdek, 2000 megabaytni o‘z ichiga oladi.

Har ikkala tarif rejasida yillik abonent to‘lovi bir xil – 420 000 so‘mni tashkil etadi. Ularning shartlari bilan batafsil tanishish uchun UMS saytiga kirishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS yana ikkita yillik tarif rejasini taqdim etdi