Normativ-huquqiy hujjatlar portalida hukumatning «Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 iyuldan mulkchilik shaklidan qat’i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi.
Huquqbuzarlik qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan fuqarolar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Videoregistratorlar orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan videoyozuvlarni taqdim etgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»