17:56 / 08.08.2018
5 047

O‘zbekistonga Hyundai tezyurar poyezdlarini olib kelish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonga Hyundai tezyurar poyezdlarini olib kelish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasini Toshkent va Samarqand o‘rtasida yana bir tezyurar yo‘nalishni tashkil etish uchun jalb etmoqchi. Bu davlatimiz rahbarining joriy yil 20 iyunda qabul qilingan Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Mazkur loyiha 2019 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, buning uchun 1 mlrd. AQSh dollari yo‘naltiriladi. Shundan 50 mln. dollari “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan, 950 mln. dollari esa Hyundai Rotem tomonidan ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun,Hyundai Rotem Hyundai Motor Group kompaniyasi tarkibida bo‘lib, unga 1979 yilda asos solingan. Janubiy Koreyaning mazkur brendi dunyo bo‘yicha dizel va elektr quvvatida harakatlanadigan tezyurar poyezdlarning yetkazib beruvchilar ichida yetakchilar qatorida turadi.

Kompaniya poyezdlaridan jahonning 50dan ortiq davlatida foydalanib kelinadi. AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Kanada kabilar shular jumlasidandir. Hyundai Rotem poyezdlari Markaziy Osiyoda mintaqasi bo‘yicha hozircha Qozog‘istonning Almati metrosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga Hyundai tezyurar poyezdlarini olib kelish rejalashtirilmoqda