02:02 / 25.10.2018
2 295

Apple eski ayfonlarni sekinlashtirgani uchun jarimaga tortildi

Apple eski ayfonlarni sekinlashtirgani uchun jarimaga tortildi
Italiyaning monopoliyaga qarshi idorasi Apple kompaniyasini eski qurilmalarini sekinlashtirgani va mijozlarni bu haqda tegishlicha xabardor qilmagani sababli 10 mln yevrolik jarimaga tortdi. Shu sababga ko‘ra Samsung’ga ham jarima solingan, biroq uning qiymati 2 marta kamroqni tashkil qilgan.

Italiya mutasaddi idoralari ikkala kompaniyani ham qurilmalarini sekinlashtirgani uchun 5 mln yevrolik jarimaga tortgan. Biroq AQSh kompaniyasi mijozlarga ayfonlarda batareyalarni qanday qilib qo‘llab-quvvatlash yoki almashtirish haqida hech narsa aytmagani sababli qo‘shimcha 5 mln yevrolik jarimaga tortilgan.

Monopoliyaga qarshi idora vakilining aytishicha, Apple va Samsung tizimlarining yangilanishi “jiddiy muammolar va smartfonlar unumdorligi pasayishiga olib kelgan”, bu esa ularning almashtirilishini tezlashtirib yuborgan. Ta’kidlanishicha, ikkala kompaniya ham yangi dasturiy ta’minotning qanday ta’sir qilishi haqida tegishli ma’lumot taqdim qilmagan va qurilmalarning unumdorligini qaytarish haqida hech narsa ma’lum qilmagan.

Samsung’ga qarshi tergov tafsilotlari oshkor qilinmagan. Biroq taftishga italiyalik xaridorlarning shikoyatlari sabab bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, kompaniyalar xaridorlar yangi qurilmalarni sotib olishi uchun ataylab eski qurilmalarni sekinlashtirgan.

Ayfonlar sekinlashishi bilan bog‘liq mojaro 2017 yil oxirida foydalanuvchilardan biri smartfonlar batareyasi almashtirilganda tezroq ishlay boshlashini aniqlagandan keyin boshlangan. Apple eski akkumulyatorga ega smartfonlarni ataylab sekinlashtirishini tan olgan. Biroq kompaniya buni foydalanuvchilar haqidagi g‘amxo‘rlik bilan tushuntirgan: protsessorning takt chastotasi pasaytirilishi hisobiga qurilmalarning xizmat muddatini oshirishga muvaffaq bo‘lingan.

Shundan keyin AQShning bir necha fuqarosi Apple ustidan sudga arz qilgan. Ularning fikricha, kompaniya foydalanuvchilardan smartfonlarni pasaytirish uchun ruxsat so‘ramay o‘zini beadab tutgan. Kompaniya ushbu ishi uchun uzr so‘rab, barcha mijozlarga akkumulyatorlarni chegirma bilan almashtirib berishni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple eski ayfonlarni sekinlashtirgani uchun jarimaga tortildi