Reddit foydalanuvchisi geliy gazi sababli iPhone o‘chib qolgani haqida ma’lum qildi. iFixit mutaxassislari ushbu gaz nima uchun ayfonlar uchun zararli ekanini tushuntirib berishdi.
Voqea AQShning Illinoys shtatidagi shifoxonalardan birida yuz bergan. Shifoxonada magnit-rezonans tomografiya skaneri o‘rnatilgandan keyin shifokorlar va shifoxonaga tashrif buyuruvchilarning ayfonlari ishdan chiqa boshlagan. Ushbu muammoni hal qilish topshirilgan mahalliy mutaxassis dastlab bunga MRT qurilmasi hosil qiladigan kuchli magnit maydoni sabab deb o‘ylagan. Biroq keyinroq gadjetlarning ishdan chiqishiga geliy gazi sababligi aniqlangan.
Taxmin qilinishicha, MRT-skaner o‘rnatilishi vaqtida undan ushbu gaz sizib chiqqan. Skanerni sovitish uchun ishlatiladigan geliydan 120 litri shifoxonaga tarqalgan. Oqibatda bundan kamida 40 ta ayfon “jabr ko‘rgan”, ammo Android’da ishlovchi qurilmalar risoladagidek ishlashda davom etgan.
Mutaxassislarning aniqlashicha, geliy molekulalari juda kichik bo‘lib, qurilmaning mikroelektromexanik tizimlariga, misol uchun, ayfonlarda o‘rnatilgan akselerometr va giroskoplarga shikast yetkazishi mumkin. Bu qurilmalar qisman kvars elementlardan tashkil topgan, ular esa geliy ta’sirida parchalanishga moyil. Mutaxassislar ayfonlardan gaz chiqib ketishi uchun uni ma’lum vaqtga “tinch qoldirish”ni tavsiya qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»