Aleksey Vels Beeline‘ning administrativ direktsiyasiga boshchilik qildi

Beeline Aleksey Vels Unitel MChJ administrativ direktori lavozimini egallagani haqida xabar beradi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Aleksey turli mamlakatlardagi karyerasi tufayli erishilgan katta amaliyotli tajriba va noyob ekspertizaga ega. U Markaziy Osiyodagi telekom-bozorning xususiyatlaridan yaxshi xabardor, va men ishonaman, O‘zbekistondagi Beeline‘ning yuqori maqsadlarini ahamiyatga olgan holda, uning professional va boshqaruvchilik sifatlari talablarga mos tushadi”.
Yangi lavozimda Aleksey Velsni korxona mulkini boshqarish, harajatlarni qisqartirish va qator biznes-jarayonlarni optimizatsiya qilish kabi masalalar kutmoqda.
“So‘ngi yillar mobaynida kompaniya respublika bozorida yetakchi o‘rinni egallab ajoyib natijalarga erishdi, va men mamnuniyat bilan Beeline guruhiga qo‘shilaman. Yirik kapital harajatlar, rivojlangan filiallar tarmog‘i va qator logistik jarayonlar yangi tartiblarni joriy qilish va samaradorlikni oshirish uchun administrativ direksiya tarafidan katta e’tiborga loyiq” – deydi Aleksey Vels.
Aleksey Vels 1969 yilning 19 centyabr kuni Sverdlov hududida tavallud topgan. 1990 yilda Poltav oliy aloqa bilim yurtini tamomlab, telekommunikatsion jihozlar injeneri diplomini qo‘lga kiritdi. 2009 yilda “Savdo va xizmat ko‘rsatish strategiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomladi.
Telekommunitsiyalar sohasida Alekseyning karyerasi 2006 yilda boshlandi, u OAJ Mobile TeleSystems marketing guruhiga qo‘shildi. Savdolarni perspektiv rivojlantirish yo‘nalishidagi bir yillik faoliyati davomida aeroportlarda SIM-kartalarni realizatsiya qilish bo‘yicha va RFID texnologiyasi bo‘yicha Moskvaning jamoatchilik transporti uchun to‘lovlarni qabul qilish kabi loyihalarni samarali amalga oshirdi.
2007 yilning noyabr oyida Aleksey Vels Turkmanistondagi MTS bosh direktori lavozimi egalladi, u yerda administrativ blok va hududiy filiallarni boshqarish, biznesni rejalashtirishda ishtirok etish, shuningdek savdolarning alternativ kanallarini izlash va joriy etish uning mas’uliyatlari qatoriga kirgan.
2011 yildan 2013 yilga qadar u “Rostelekom” korporatsiyasining bo‘limi – RusAvto MChJda transportni monitoring qilish tizimi sohasining loyihalarni boshqarish bo‘limiga boshchilik qildi. 2013 yildan 2015 yilga qadar Hindistondagi MTS‘da administrativ direktor lavozimida faoliyat olib borgan va u yerda administrativ bo‘limni qayta tizimdan o‘tkazish, G&A harajatlarini optimizatsiya qilish va korxona mulkini boshqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Ingliz tilini biladi. Oilali, uch nafar o‘g‘il farzandi bor.































Izohlar 0
…