2018 yil oxiriga kelib O‘zbekistonda plastik kartalardagi pullarni naqd qilish uchun 1000 ta yangi bankomat o‘rnatiladi. Bu haqda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov 30 noyabr kuni O‘zbekiston bank sektoriga bag‘ishlangan "Taraqqiyot tamoyillari" teleko‘rsatuvida ma’lum qildi.
Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlar Markaziy bank tomonidan oktyabr-noyabr oylarida sotib olingan. Endilikda dekabr oyi mobaynida bankomatlar O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatiladi.
Joriy yilning boshida Markaziy bank vakillari yil oxiriga qadar milliy va xorijiy plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 1045 ta bankomatlar o‘rnatmoqchiliklarini ma’lum qilgandi.
Oldinroq, 2018 yilning 7 oyi ichida mamlakatda bankomatlar sonining ko‘payishiga qaramasdan, faol plastik kartalar soni kamayganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Oktyabr oyi oxiridan boshlab naqd AQSh dollarini komissiya to‘lovisiz naqd so‘mga almashtiruvchi bankomatlar ish boshladi.
Shuningdek, Ichan qal’ada Visa Card, Master Card, American Express China Union Pay kartalarini qabul qiladigan bankomat va terminallarni o‘rnatish ishlari boshlandi.
1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda bankomatlar va infokioskalarning umumiy soni 6 712 tani tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi