
Oʻzbekiston IIV qarori bilan respublikadagi barcha obyektlar vazirlik qoʻriqlash tizimi qoʻriqloviga olinadi. Bu haqda Sputnikʻga tayanib, Daryo xabar berdi.
“Kuni kecha prezidentimiz qarori bilan ʻXavfsiz xonadonʻ konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyaning asosiy gʻoyasi respublikadagi yakka tartibdagi uy-joylar, savdo obyektlari va boshqa obyektlarni maksimal darajada qoʻriqlov tizimiga qamrovga olish”, — dedi Boboxonov.
IIV vakilining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kunda turli mulkiy jinoyatlarning oldini olish maqsadida 229 mingdan ziyod videokuzatuv moslamalari oʻrnatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 25 mingdan ziyod xonadonlar va 13 mingdan ortiq tadbirkorlik obyektlari qoʻriqlash tizimiga ulanib, qoʻriqlanmoqda.
2022 yilgacha esa “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi asosida Toshkent shahrida oʻrnatilgan innovatsion qoʻriqlash tizimi respublika boʻyicha joriy etiladi.
Qoʻriqlash xizmati xonadonlarga qoʻriqlash uchun oʻrnatiladigan vositalarni tekinga ajratish va tekinga oʻrnatish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar