20:17 / 20.12.2018
5 700

"Roskomnadzor" 20 mlrd rubl evaziga "Telegram"ni butunlay bloklamoqchi

"Roskomnadzor" 20 mlrd rubl evaziga "Telegram"ni butunlay bloklamoqchi
"Telegram"ni bloklashga qaratilgan bir necha samarasiz urinishlardan so‘ng "Roskomnadzor" yangicha texnologiyani joriy etishga qaror qildi. Uni global ravishda sinovdan o‘tkazish keyingi yildanoq boshlanadi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, messenjerni bloklash 20 mlrd rublga tushadi.

"Roskomnadzor" “paketlarning chuqur tahlili” – DPI texnologiyasidan foydalanishni rejalamoqda.

Har bir internet provayderiga barcha sarflanuvchi trafikni tahlil qiluvchi maxsus uskunalar o‘rnatiladi.

Maxsus dasturiy ta’minot u yoki bu ilovaga qancha trafik ketishini aniqlaydi. Zarur bo‘lganda nojoiz servislardan foydalanish cheklab qo‘yiladi.

"Roskomnadzor"ning messenjerni bloklashga urinishlariga qaramay (bu harakat 2018 yilning aprel oyidan beri davom etmoqda) "Telegram"ning Rossiyadagi foydalanuvchilari soni bir yil davomida 1,5 barobar ko‘paydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Roskomnadzor" 20 mlrd rubl evaziga "Telegram"ni butunlay bloklamoqchi