
Huawei Koreyaning Gentle Monster taniqli brendi bilan hamkorlikda oʻzining birinchi aqlli koʻzoynagini chiqarish rejalari toʻgʻrisida maʼlum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.
Koʻzoynaklar smart-koʻzoynaklar deb ataluvchi narsadan koʻra, oddiy dizaynerlik koʻzoynaklariga oʻxshash. Ular oʻzining oddiy funksiyalaridan tashqari, qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth-garnitura vazifasini ham bajarishi mumkin.

Foto: POCKET-LINT

Foto: POCKET-LINT
Qoʻngʻiroqqa javob berish uchun shunchaki yon tomonga tegish kifoya qiladi, hech qanday tugma yoʻq. NFC texnologiyasi qoʻllab-quvvatlanadi.
Gardishga dinamiklar, mikrofon, antenna va akkumulyator joylashtiriladi. Kamera esa yoʻq, bu kompaniyaning maxfiylik boʻyicha bahslardan qochish istagiga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Huawei 2019 yil iyul oyida koʻzoynaklar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularning narxiga hozircha aniqlik kiritilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!The future is now! Together with Gentle Monster we have joined forces to take your wearable intelligence to the next level with #HUAWEI X GENTLE MONSTER EYEWEAR. pic.twitter.com/MrgO2esXK4
— Huawei Mobile (@HuaweiMobile) March 26, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar