«O‘zbektelekom» AJ tomonidan ishlab chiqilgan yangi piring tarmog‘i jahondagi mashhur internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish hamda sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar yaratish imkonini beradi. Bu internetdan foydalanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekistonda ushbu loyihaning amalga oshirilishi xalqaro internet-kanal yuklamasini ma’lum darajada maqbullashtirish imkonini beradi va internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi.
Masalan, hozirgi kunda «O‘zbektelekom» AJ va Rossiyaning yirik media-kontent ta’minotchilari – «Ivi.ru» MChJ (ivi.ru) bilan qo‘shma loyihasi mavjud. Loyiha O‘zbekistonda sifatli, litsenziyali media-kontentni taqdim etishga xizmat qiladi. O‘zbekistonliklar dunyo ahli bilan bir paytda so‘nggi xorijiy kinofilmlar, teleseriallar va musiqiy premeralardan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.
Uz-IX tarmog‘i – bu «O‘zbektelekom» AJ boshqaruvi ostidagi infratuzilma bo‘lib, uning barcha ishtirokchilari (piring-sheriklari) o‘zaro trafik almashishlari mumkin.
Ayni paytda tarmoqdan, xosting maydonchasidan yoki media-kontentdan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatgan va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs piring tarmog‘i ishtirokchisi bo‘la oladi.
Ta’kidlash joizki, Uz-IX yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amaldagi TAS-IX piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rnini bosuvchi tarmoq hisoblanmaydi. «O‘zbektelekom» AJ avvalgidek TAS-IX «Ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish markazi» nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi va TAS-IX trafigi almashish tarmog‘i foydalanuvchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi