Xitoylik foydalanuvchilar blok qilingan Gmail’ga kirishning uddasidan chiqishmoqda

Gmail’ning Xitoydagi foydalanuvchilari to‘rt kunlik tanaffusdan so‘ng o‘z pochtalariga kirish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bu haqda TechSpot'ga asoslanib Kun.uz .
Google tomonidan olingan Gmail serverlar monitoringi grafigida so‘nggi bir kun ichida trafik avvalgi to‘rt kunlikka nisbatan o‘sganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy hukumati o‘z hududida Google’ning pochta xizmati Gmail’ni blok qilib qo‘ygan edi.
Ma’lumot uchun, Google va Xitoy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar olti oydan beri davom etmoqda.
Xitoy hukumatining da’volariga ko‘ra, Google bevosita muloqot olib borishdan bosh tortmoqda, biroq Google’ga Xitoy hukumati qo‘ymoqchi bo‘layotgan cheklovlar ma’qul kelmayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing