
Foto: «Novosti Tashkenstskogo neba»
19 iyun kuni Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasiga mo‘ljallangan, bort raqami UK-78705 bo‘lgan yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Everett aeroportidan Grant-Kaunti Mozes Leyk xalqaro aeroportiga sinov parvozni amalga oshirib qaytdi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali xabar berdi.
Mazkur sinov parvozi 2 soat 25 daqiqa davom etgan, parvoz davomida mexanizmlar tekshirilib, zarur texnik ishlar amalga oshirilgan.
Sinov uchish davomida uchuvchilar kabinasida ekipajning 4 nafar a’zosi bo‘lgan.
Ushbu Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti O‘zbekistonga iyun oyi davomida yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar