
Aloqa va internet sohasida yurtimizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati bu borada statistik ma’lumotlarni berib o‘tdi.
— 2019 yilda operatorlar va provayderlar uchun internet narxlari pasaytirildi. Ya’ni, narxlar o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar pasaytirildi.
— O‘tgan yili 2300 km. atrofida optik tolali aloqa liniyalari tortilgan bo‘lsa, oxirgi besh oyning o‘zida bu 6000 km.dan ortiqni tashkil etdi.
— So‘nggi olti oy ichida 1245 ta maktab, 734 ta maktabgacha ta’lim va 349 ta sog‘liqni saqlash muassasalari ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulangan. Yil oxirigacha yana 5000 ijtimoiy ob’ektni tarmoqqa ulash rejalashtirilgan.
— Bundan tashqari, keng polosali ulanishning 1,4 mln.dan ortiq porti ishga tushirildi, shundan joriy yilda 300 mingdan ortig‘i o‘rnatildi va 690 ming abonent ulandi.
— Mobil aloqa operatorlari tomonidan ikki mingdan ortiq baza stansiyalari qurildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar