Google korporatsiyasining xodimlari foydalanuvchilar tomonidan Google Home smart-dinamikasi yoki Google Assistant dasturiga berilgan ovozli buyruqlarni muntazam eshitib turadi. Bu haqda Google kompaniyasning mahsulotlar bo‘yicha menedjeri Devis Monsisga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Google nutqni tanish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan dunyoning ko‘plab tilshunos-ekspertlar bilan ish olib boradi. «Ushbu ekspertlar ayrim so‘rovlarni tahlil qilish orqali bizga tillarni yaxshirov tushunishimizga yordam beradi», — deydi Monsis.
Devis Monsisning ta’kidlashicha, xodimlar aynan kimning gap-so‘zlarini tinglayotganliklarini bilmaydi va foydalanuvchilarning biror-bir shaxsiy ma’lumotiga kira olmaydi.
Associated Press agentligining qayd etishicha, Google o‘zining mobil dasturi yoki smart-dinamikalari foydalanuvchilari tomonidan berilgan minglab ovozli buyruqlar Belgiyaning VRT telekanali orqali tarqab ketgach, shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, tarqab ketgan ovozlar orasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari hamda orqa fondagi suhbatlar ham bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi