date

2015 yilda Beeline call-markazi tomonidan 57 milliondan ziyod murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi

2015 yilda Beeline call-markazi tomonidan 57 milliondan ziyod murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi

Beeline Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2015 yildagi faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan yilda Beeline call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan, 2015 yilning rekordini takrorlab, 57 mlndan ziyod qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. Bunda ushbu davrda deyarli 13 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatildi.

Shunday qilib, IVR axborot tizimi abonent so‘rovlarining qariyb 80% ining to‘liq ishlovini ta’minladi. So‘rovlarning mavzusiga kelsak, 2015 yilda ularning eng katta qismiga mobil Internet sozlamalari va MMS, USSD-kodlar, qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek to‘lov usullari hamda tarif planlarini o‘zgartirish, Beeline Club va kontent-xizmatlarga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari www.0611.beeline.uz noyob chatdan, 0621 SMS-qo‘llab-quvvatlash xizmatidan, shuningdek +998901850055 raqami orqali Telegram massenjerida mutaxassis yordamidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, web-servislar orqali maslahat olish uchun 0611@beeline.uz elektron manziliga maktub yuborish, shuningdek quyidagi havola bo‘yicha https://mobile.beeline.uz/ru/main/help/faq.wbp kompaniya sayti orqali so‘rov jo‘natish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » 2015 yilda Beeline call-markazi tomonidan 57 milliondan ziyod murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi