07:40 / 20.09.2019
3 407

Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosi uchun 5 ta poyezd jo‘natdi

Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosi uchun 5 ta poyezd jo‘natdi
Foto: Transmashxolding
Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi Toshkent metrosi uchun 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5 ta poyezd tarkibini jo‘natdi. Bu haqda xolding saytida xabar qilingan.

Xolding tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” korxonasida poyezdlarning tantanali jo‘natilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadov, “Toshkent metropoliteni” korxonasi rahbari Oybek Xudoyqulov, “Metrovagonmash” bosh direktori Boris Bogatirev ishtirok etgan.

Poyezdlarni yetkazishga shartnoma 2018 yil oktyabrda imzolangan. Har bir poyezd 4 ta: ikkita bosh motorli, bitta oraliq motorli, bitta oraliq motorsiz vagondan tashkil topgan. Vagonlarning ishlash muddati 30 yilni tashkil qiladi.

Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosini ushbu seriyadagi metro vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlaydi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga maslahatlar beradi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent metrosi uchun mo‘ljallangan yangi poyezdlar vagonlarida bir qator texnologik innovatsiyalar amalga oshirilgan. Jumladan, vagonlar ochiq o‘tish joyi, avvalgi modellarga qaraganda kengroq eshiklar (1,4 metr) hamda eshiklar ochilib-yopilishidan ogohlantiruvchi yorug‘lik tizimiga ega.

Yangi avloddagi vagonlar uchun shovqinni yutuvchi g‘ildiraklar ishlab chiqilgan. Vagonlarni yig‘ishda ekologik toza materiallar qo‘llangan. Ular ichida shovqin va issiqlikdan ishonchli himoya ta’minlangan. Bosh vagonlarda nogironlar aravasi uchun joylar ko‘zda tutilgan. Salonlarda shamollatish, havoni sovitish va zararsizlantirish tizimlari o‘rnatilgan.

Ushbu modeldagi vagonlar 2017 yil boshidan Moskva metrosi uchun “Moskva” nomi bilan ishlab chiqariladi. Toshkent metrosi uchun buyurtmachi talablariga muvofiq yangilangan modifikatsiyadagi tarkiblar ishlab chiqilgan.

Toshkent metrosi va “Metrovagonmash”ni uzoq yillik o‘zaro manfaatli hamkorlik birlashtiradi. Korxona tomonidan Toshkent metrosi uchun 1977 yilda 20 dan ko‘proq poyezd yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosi uchun 5 ta poyezd jo‘natdi