10:27 / 29.10.2019
5 219

O‘zbekiston Rossiyadan katta partiyada “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib oldi (video)

O‘zbekiston Rossiyadan katta partiyada “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib oldi (video)
Foto: www.remdizel.com
Rossiyaning eng zamonaviy yuqori himoyalangan, 4x4 g‘ildirak sxemasiga ega “Tayfun-K” K-53949 zirhli avtomobillari O‘zbekiston armiyasi tomonidan qurollanishga olindi.

Ushbu harbiy texnika O‘zbekistonda may oyida “Chirchiq” poligonida o‘tgan tank biatloni bo‘yicha musobaqalarda ilk bor payqalgan. Ayni vaqtda texnika barcha sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tgan.

O‘zbekiston K-53949’ni qurollanishga olgan ilk xorijiy davlat bo‘ldi.

“RIA Novosti” axborot agentligiga manbaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ushbu harbiy texnikadan yirik partiyada sotib oldi. Avtomobillar joriy yilda yetkazib berila boshlanadi.

Zirhli avtomobilning to‘liq og‘irligi 15 tonnaga yetadi. Uzunligi 6370 mmni, eni 2540 mmni, balandligi 3320 mmni, yo‘l bilan tagi orasidagi oraliq 433 mmni tashkil qiladi. 350 ot kuchiga ega 6 silindrli dizel dvigateli harbiy avtomobilga 105 km/soat tezlik bilan harakatlanishga imkon beradi. O‘z ichiga 10 kishini sig‘diradi.

“Tayfun” yuqori himoyalangan zirhli avtomobillar oilasi bo‘lib, uning bir nechta modifikatsiyasi, jumladan sanitar va “Kornet-EM” tanklarga qarshi majmuaga ega variantlari ishlab chiqilgan.

Texnika 120 dan ko‘proq korxona, jumladan Ural avtomobil zavodi, “Kamaz”, Yaroslav motor zavodi, po‘lat ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida yaratilgan. Birinchi marta 2011 yilda poligon sharoitida, 2014 yil 9 mayda esa Moskvadagi harbiy paradda taqdim qilingan.

O‘zbekiston 2019 yilda Rossiyadan BTR-82A zirhli transportyorlari, “Tigr” zirhli avtomobillari, “Sopka-2” radiolokatsion stansiyasini sotib oldi. Bundan tashqari, ayni vaqtda O‘zbekistonga 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotini yetkazib berishga shartnoma amal qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston Rossiyadan katta partiyada “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib oldi (video)