Dunyodagi hech bir mamlakat Germaniyachalik o‘z avtosanoati bilan faxrlana olmaydi. Avtoolam veteranlari Karl Bens, Gotlib Daymler i Ferdinand Porshelar Germaniyada milliy qahramonlardir.
Germaniya 2018 yilda 5,1 million dona mashina ishlab chiqargan va ularning 78%ini eksport qilgan. Umumiy ishchi kuchining 4%i – 1,75 million kishi bu sohada band hisoblanadi. Tashqi savdoda avtomobillar va ularga aloqador sohalar Germaniya eksportining 50%ini tashkil qiladi.
Biroq endi vaziyat o‘zgarmoqda. Global avtosanoat tepadan pastga qarab o‘zgarishlarning dastlabki bosqichida. Kelajak avtomobili o‘zaro aloqaviy (Connected), avnonom (Autonomus), umumiy (Shared) va asosiysi, elektron (Electric) bo‘ladi (inglizcha akronimi CASE). Tesla mana shu to‘rtta trenddan uchtasini o‘zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Nemis avtoishlab chiqaruvchilari uch sabab tufayli CASE bilan birinchilardan bo‘lib duch kelishdi:
- Ham Yevropa ittifoqi ham Yevropaning alohida shaharlari tomonidan karbonad angidridning miqdorini kamaytirish uchun chiqarilayotgan qonunlar;
- Hashamatli nemis sedanlarining ikki yildan beri bozorda ulushi tobora ortib borayotgan Tesla bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobati; Global avtosanoat rivoji shu yo‘nalishda ketayotganligi.
Amerika mashinlari kovboycha ajoyib, Yaponiyaniki arzon va ishonchli bo‘lsa, nemislarniki yuqori texnologiyali va aniq ishlaydigan bo‘lgan.
Agar Germaniyaning tajribali muhandislari yangi texnologiyalarni o‘zlashtira olmasalar, unda kim yordam beradi?
Afsuski, nemislar 20 yildan beri aylanma yo‘llarda adashib qolishdi. Yaponlar gibrid avtomobillar ishlab chiqarayotgan bir paytda nemislar dizel narxini ikki barobar arzonlatishdi – bu esa muvaffaqiyatsizlikning boshlang‘ich nuqtasi edi. Boshqalarga yetib olish uchun endi ular “yugurishlari” kerak. Yaqinda Vokswagen Group ikkita elektrokarni namoyish etdi: Audi e-tron hamda Porsche Taycan va 2040 yilga kelib yana o‘nlab elektrokarlar ishlab chiqarish rejasini ma’lum qildi.
Der Spiegel ta’kidlaganidek, dizel mojarosi "oxir-oqibatda barcha sohada modernizatsiya qilishga turtki bo‘ldi. Sohaga bo‘lgan ishonch shu qadar yomonlashganki, Germaniya avtomobil kompaniyalari rahbarlari va kuzatuv kengashlari tub o‘zgarishlarning muqarrarligini tan olishga majbur bo‘lishdi”.
Noyabr oyi boshida Vokswagen Germaniyaning Svikkau shahrida “Yevropadagi eng katta va samarador elektrokar zavodi” qurib, unda ID.3 xetchbekini seriyali tarzda ishlab chiqara boshlagani bilan tarixga kirdi. To‘liq quvvat bilan ishlaganda, zavod yiliga 330 ming avtomobil ishlab chiqaradi.
Biroq, Vokswagen hali ham elektr inqilobining boshida turibdi va Germaniyadagi raqobatchilari bu chiziqdan orqaroqda.
2013 yilda, BMW elektrokarlar bozorida ommabop bo‘lishi kutilgan i3 yuqori innovatsion avtomobilini taqdim etishi bilan bu sohadagi yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Biroq, Der Spiegelning yozishicha, i3 moliyaviy muammolar girdobida, chunki uglerod tola kabi yuqori texnologiyali ehtiyot qismlar nihoyatda qimmat turadi. Elektr sohasidagi izlanishlarini davom ettirish o‘rniga BMW rahbariyati asabiylashdi va i3 borasidagi izlanishlarni 2021 yilgacha to‘xtatib qo‘ya qoldi.
Mercedes-Benz ham qarab turgani yo‘q – kompaniya CASE uchun alohida bo‘linma ochdi. Bo‘linma a’zosi Sajjad Xon: “Biz tubdan o‘zgarishimiz kerak – shaxs sifatida, bo‘linma sifatida, kompaniya sifatida, mamlakat sifatida. Agar bunday qilmasak oldinda qiyin kunlar kutmoqda”, - dedi. Mercedes o‘zining elektr krossoveri EQC ishlab chiqarishni may oyida boshlagan va 2020 yilga kelib 20 ga yaqin modellarni taqdim etishini ta’kidlamoqda.
Ayni vaqtda Kaliforniyadagi Tesla zavodlarida hayot har qanchongidan ham qizimoqda. Tesla zavodining kiraverishiga shunday yozilgan: “Dunyoning barqaror energiyaga o‘tishini jadallashtiring”. Shuningdek, Tesla mijozlari va ishchilariga o‘zlarini ulkan hodisaning bir qismi sifatida his qilish imkonini bermoqda.
Yaqinda Mask Berlin yaqinida Yevropadagi ilk zavodini qurishini e’lon qildi. Nemislarning uyida poyga o‘ynamoqchi bo‘layotgan Tesla german avtosanoatini yoki kurashga chorlamoqchi yoki hamkorlikka yoki ikkalasigayam.
Ammo bu bozorda yana bir ishtirokchi mavjud – Xitoy. Avtosanoatdagi rivojlanish markazi Chin yurtiga qarab siljimoqda. Bu esa avtosanoat veteranlariga bir necha frontda muammolar keltirib chiqaradi.
Xitoy global avtoulov brendlarining qarorlariga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda - so‘nggi oylarda taqdim qilingan yangi elektrokarlarning aksariyati Xitoy bozorida debyut qiladi. Vokswagen Xitoyda an’anaviy transport vositalarining kuchli savdosidan zavqlandi, ammo elektrokarlar haqida gap ketganda, nemis brendlari mahalliy avtomobilsozlar va Tesla’dan ancha orqada qolmoqda.
Sir emaski, Xitoy o‘z avtosanoatini ertaroq elektrlashtirib boshlagan va global bozorning bu qismida eng yuqorida bo‘lishni xohlaydi. Germaniya (va AQSh) avtomobil ishlab chiqaruvchilari elektrlashtirishga urinishayotgan bir paytda, elektrokarlar ta’minot zanjiri yuqori muhandislik qobiliyati bilan birga asta-sekin Xitoyga ko‘chib o‘tdi.
Xitoyning BYD va CATL shirkatlari eng yirik elektrokar batareykalari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi va ularning batareyka bozoridagi ulushi 75 %ni tashkil qiladi. Elektr avtobuslarini ishlab chiqarishda Xitoy etakchi o‘rinni egallaydi – dunyo yo‘llaridagi 400 mingta e-avtobuslarning katta qismi Xitoyning BYD va Yutong zavodlarida ishlab chiqariladi.
Nemis nuqtayi nazaridan eng yomon tush – hech bo‘lmasa bitta xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchining Yevropada “darcha” ochishi. Qizig‘i Xitoyning eng yirik xususiy automobil shirkati Geely 2010 yilda Volvo’ni, 2013 yilda London taksi kompaniyasini sotib olgan. Ikkala kompaniya ham shiddat bilan elektrlashtirilmoqda. Geely Frankfurt aeroporti yaqinida ilmiy-tadqiqot habi ochdi va u muhandislarni va Yevropaning avtomobilsozligi mutaxassislarini jalb qilmoqda.
Der Spiegel'ning ta’kidlashicha: "Geely Frankfurt yaqinida ofis ochishni afzal ko‘rdi, chunki Xitoyda hanuzgacha nemis muhandisligiga katta hurmat bilan qarashadi va ulardan o‘rganishni juda xohlashadi. Bunday his-tuyg‘ular nemis quloqlariga yoqadi, ammo xitoyliklar qachongacha bunday kamtar bo‘la olisharkin?" “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar