2020 yilda Apple kompaniyasi birdaniga 5 ta yangi iPhone modelini chiqaradi. Bu haqda Min-Chi Kuo ismli insayder ma’lum qildi.
Avvalroq kompaniya yangi gadjetini 2020 yil bahorida chiqarishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 4,7 dyuymli suyuq kristalli ekran, A13 protsessori, 3 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Unda bor-yo‘g‘i bitta kamera bo‘ladi.
Qolgan 4 ta yangi model kompaniyaning an’anaviy kuzgi taqdimotida namoyish qilinadi. iPhone 12 modeli 5,4 dyuymli, 12 Pro va 12 Plus variantlari 6,1 dyuymli ekranlar oladi.
Ma’lum qilinishicha, iPhone 12 Plus modeli 6 Gb tezkor xotira va uchta kamera bilan jihozlanadi.
Shuningdek, 6,7 dyuymli displeyga ega iPhone 12 Pro Max modeli taqdim qilinadi.
Bundan tashqari, yangi iPhone’lar OLED-ekranlar bilan jihozlanadi va 5G tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlay oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi