20:30 / 08.12.2019
3 842

Apple zaryad va maʼlumotlar uzatish porti yoʻq iPhone ishlab chiqaradi

Apple zaryad va maʼlumotlar uzatish porti yoʻq iPhone ishlab chiqaradi
Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”
iPhone 13 korpusida zaryadlovchi qurilma va maʼlumotlar uzatish porti boʻlmasligi mumkin. Bu haqda MacRumors xabar bergan.

Ekspert Appleʻning portlarsiz korpusli iPhoneʻni 2021-yilda ishlab chiqilishini bildirgan. Shu tariqa, ishlab chiqaruvchi qurilmaga USB-C interfeysidagi Lightning portni joylashtirmaydi balki ulardan butunlay voz kechadi. Yangi smartfon simsiz kanal orqali quvvatlanadi.

iPhone 8 va X rusumlaridan boshlab Apple smartfonlari Qi standarti boʻyicha simsiz quvvatlanadi. 2016-yilda kompaniya iPhone 7 savdo tarmogʻini ishga tushirgan va unda quloqchinlar uchun teshik joylashtirilmagandi. Apple ushbu vaziyatga apparatni changdan himoyalash va simsiz ishlaydigan qurilmalarning koʻpayayotgani bilan izohlagan.

iPhone komplektatsiyasida ham oʻzgarish yuz berishi kutilmoqda. Hozir Apple qurilma qutisiga quvvatlash adapter va USB-Lighting simini joylashtirmoqda, kelajakda iPhone Qi-zaryad quvvatlagichi komplektga kiritiladi yoki oʻzi alohida sotiladi. Apple oʻz quvvatlash Qi-stansiyasini ishga tushirishni rejalashtirgan, AirPower prototipini namoyish qilgan. Ammo mart oyida korporatsiya texnik muammolar tufayli ushbu rejani amalga oshirish keyinroqqa qoldirilganini maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple zaryad va maʼlumotlar uzatish porti yoʻq iPhone ishlab chiqaradi