20:07 / 07.01.2020
4 887

NASA: Yer o‘lchamidagi sayyora kashf qilindi

NASA: Yer o‘lchamidagi sayyora kashf qilindi
Foto: «Ftimes»
NASAning TESS (Transit Exoplanet Survey Satellite) sun’iy yo‘ldoshi tomonidan «TOI 700 d» deb nomlangan sayyora kashf etildi. Bu haqda «Mirror» nashri xabar tarqatdi.

TESS Yer o‘lchamidagi sayyoralarni topish uchun ishlab chiqilgan. «TOI 700 d»ni topishi asosiy ilmiy yutuqlaridan biri bo‘ldi.

Sayyora Yerdan 100 yorug‘lik yili masofasida joylashgan bo‘lib, «M» nomli mitti yulduz orbitasi bo‘ylab harakat qiladi. Mazkur yulduz Quyosh massasi va kattaligining 40 foizini, shuningdek sirt haroratining yarmini tashkil etadi. «TOI 700 d» yashash mumkin bo‘lgan hududda joylashgan yagona sayyora bo‘lib, Yerdan taxminan 20 foiz katta.

Sayyora zich karbonat angidrid atmosferasi bilan yoki okean bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NASA: Yer o‘lchamidagi sayyora kashf qilindi