3 920
Shavkat Mirziyoyev: "Barcha qishloq va mahallalar 2 yil ichida tezkor internet bilan ta’minlanadi"
2020 yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilishimiz kerak, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida.
Davlat rahbariga ko‘ra, birinchi navbatda qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim.
«Ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.
O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlashimiz kerak.
Hozirgacha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi», – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev «Elektron hukumat» tizimini qayta ko‘rib chiqish kerakligiin aytib, yangi tashkil etilayotgan «AyTi-park»lar va «1 million dasturchi» loyihasi haqida ham eslab o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim.
«Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa – alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi», – deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi