09:16 / 30.01.2020
3 324

iPhone 11 va iPhone 11 Pro ga talab yuqori bo‘lgani uchun Apple rekord darajada daromad oldi

iPhone 11 va iPhone 11 Pro ga talab yuqori bo‘lgani uchun Apple rekord darajada daromad oldi
Foto: Reuters
Apple 2020-moliyaviy yil birinchi choragida rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». 2019 yilning 28 dekabrida tugagan ushbu chorakdagi sof daromad 22,2 milliard dollar (11 foiz)ga ko‘tarilib, 91,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniya saytida e’lon qilingan hisobotda qayd etilishicha, daromadning 61 foizi xalqaro savdodan kelgan.

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniya butun tarixi davomida eng yuqori choraklik daromad olganini mamnuniyat bilan qayd etgan va bunda iPhone 11 va iPhone 11 Pro modellariga talab yuqori bo‘lgani hamda qurilmalar va xizmatlar bo‘yicha rekord darajaga yetgani hisobiga erishilganini aytgan.

Smartfonlar savdosi 55,96 milliard dollarni tashkil etgan. O‘yin va televizion xizmatlarga obuna (12,7 milliard dollar), shuningdek, AirPods simsiz naushniklar va Apple Watch soatlari (10 milliard dollar) sotuvi ham daromad oshishiga sezilarli hissa qo‘shgan.

Xabarda aytilishicha, Apple’ni Osiyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar koronavirus tarqalishi sababli Amerika kompaniyasining iPhone ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalari buzilishi mumkinligidan ogohlantirgan. Smartfonlarni yig‘adigan zavodlarning aksariyati koronavirus kelib chiqqan Xubey provinsiyasiga tutashgan Henan va Guangdong shaharlarida joylashgan.

Bundan tashqari, iPhone smartfonlari koronavuris bilan 50 dan ortiq kishi kasallanib bo‘lgan Shanxayda ham yig‘iladi. Ta’kidlanishicha, koronavirus iPhone va AirPods ishlab chiqarishda «katta noaniqlik va jiddiy muammolar» keltirib chiqargan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 11 va iPhone 11 Pro ga talab yuqori bo‘lgani uchun Apple rekord darajada daromad oldi